Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti KXDR yetakchisi bilan uchrashishga tayyor ekanini ma'lum qildi
Foto: AP Photo / Pool/Jung Yeon-Je
Koreya yarimorolida tinchlik o‘rnatishning asosiy sharti KXDRning yadroviy sinovlardan voz kechishi va Pxenyanning jahon hamjamiyati bilan hamkorlik yo‘llarini qidirishi hisoblanadi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In payshanba kuni Berlindagi chiqishida shunday bayonot berdi.
"Shimoliy Koreya oxir-oqibat yadroviy va raketa sinovlarini to‘xtatishi va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik yo‘llarini izlashi kerak", - dedi prezident.
Mun Chje In shuningdek KXDR yadroviy va raketa dasturlarini davom ettirgan taqdirda sanksiyalarni yanada kuchaytirishdan boshqa yo‘l qolmasligini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari Koreya Respublikasi prezidenti qo‘shni mamlakat bilan sun'iy birlashuvga urinmasligini ta'kidladi.
"Shu yerda aniq ma'lum qilamanki, biz Shimoliy Koreyaning parchalanishini istamaymiz va u bilan sun'iy birlashuvga urinmaymiz", - dedi Janubiy Koreya prezidenti.
"Tinchlik va hamkorlik qaror toptirish uchun bizga muloqot va aloqa yo‘llari kerak. O‘rtadagi taranglikni yo‘q qilish juda muhim. Bugungi vaziyatning eng xavfli tomoni, ikki hukumat o‘rtasida mutlaqo hech qanday aloqalarning yo‘qligidadir. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun munosabatlarni tiklashimiz va uni mazmunli muloqotga aylantirishimiz kerak. Agar shartlar bajarilsa, men qachon va qayerda bo‘lishiga qaramasdan, Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashishga tayyorman", - deya ta'kidladi Mun Chje In.
"Birgina uchrashuv kamlik qiladi, lekin muhimi buni boshlab olish... Men Shimoliy Koreya qarorini kutib qolaman", - qo‘shimcha qildi u.
Ikki koreys davlat rahbarining uchrashuvi ikki marta - 2000 yilda Pxenyanda va 2007 yilda KXDRning sobiq yetakchisi Kim Chen Ir davrida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:16 / 03.02.2026