Jamiyat | 19:01 / 06.07.2017
7276
1 daqiqa o‘qiladi

Jorjiyada pichoq bilan o‘ldirilgan 4 bolaning jasadi topildi

© AFP 2017 / Brendan Smialowski

AQShning sharqiy qismidagi Jorjiya shtatida, Guinnett okrugi hududida 4 bola va bir erkak so‘yib ketilgan holatda topildi. Bu haqda WSB-TV telekanali politsiyaga asoslangan holda xabar bergan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari Atlanta shahri yaqinidagi hududda joylashgan uydan jasadlarni topgan. Yana bir bola tig‘li quroldan og‘ir jarohatlangan holda topilib, shifoxonaga yetkazilgan.

Politsiya o‘ldirilgan bolalarning onasini qo‘lga olgan. Aynan u qotillik sodir etgani gumon qilinmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid