Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki yashar o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ygan ota yetti yilga qamaldi
Rossiyada yashovchi qirg‘izistonlik erkak tinmay yig‘lagan ikki yashar o‘g‘lini o‘ldirgani uchun yetti yil qamoq jazosiga tayinlandi. Bu haqda Rossiya nashrlari xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tyumen shahri sudi o‘z bolasini o‘lguncha kaltaklagan Qirg‘iziston fuqarosi ustidan hukm o‘qigan. Voqealar rivoji shuni ko‘rsatmoqdaki, 2017 yilning fevral oyida 26 yashar erkak tinchlanishni istamagan ikki yashar o‘g‘lini urib o‘ldirib qo‘ygan.
Oradan bir necha kun o‘tgach, bola shifoxonaga yotqiziladi va o‘sha yerda miyasining yopiq jarohat olgani sabab vafot etadi.
Sud erkakni qasddan og‘ir jismoniy zarar yetkazish va beparvolik sabab jabrlanuvchining o‘limida aybdor deb topib, unga yetti yil qamoq jazosi tayinlagan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026