Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya chempioni tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘ldi
2017 yilgi mavsumni Eronning «Mashinasozi» jamoasida o‘tkazgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov o‘z faoliyatini Latviyada davom ettiradi. 30 yoshli futbolchi Yurmala shahri sharafini himoya qilayotgan «Spartak» klubi bilan shartnoma imzoladi.
2007 yilda tashkil etilgan «Spartak» klubi o‘tgan mavsumda o‘z tarixida birinchi marta Latviya chempioni bo‘ldi va Yevropa Chempionlar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Yurmalaliklar YeChLdagi ishtirokini 2-saralash bosqichidan boshlaydi.
Ma'lumot uchun, Aziz Ibragimov faoliyati davomida «Traktor» (2004–2005), «Sho‘rtan» (2005), «Mash'al» (2006), «Slovan» Bratislava (Slovakiya, 2007–2008), «Bohemians 1905» (Chexiya, 2008–2011), «Tsingdao Jonun» (Xitoy, 2011–2012), «Banik Most» (Chexiya, 2013), «Cheshske Budeyovitse» (Chexiya, 2013), «Bohemians Praga» (Chexiya, 2013–2014), «Andijon» (2014), «Dinamo» Samarqand (2015), «Buxoro» (2015–2016) va «Mashinasozi» (Eron, 2017) klublarida to‘p surgan.
Shuningdek, tajribali futbolchi 2007–2011 yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasi safida to‘p surib, 17 uchrashuvda 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:08 / 02.09.2022
Oston O‘runov «Spartak»dan Rossiyaning boshqa klubiga o‘tdi
02:45 / 31.01.2021
Turg‘unboyevda debyut, «Paxtakor»da alamli mag‘lubiyat. Dubay harorati sezilgan eksklyuziv fotogalereya
19:07 / 30.01.2021
O‘rtoqlik uchrashuvi. «Paxtakor» «Spartak» bilan o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi
19:36 / 06.12.2020