Turg‘unboyevda debyut, «Paxtakor»da alamli mag‘lubiyat. Dubay harorati sezilgan eksklyuziv fotogalereya
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekistonning amaldagi chempioni «Paxtakor» Dubayda Moskvaning «Spartak» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
«Paxtakor»ning Rossiya chempioni «Zenit»dan uchralgan dastlabki o‘yinidagi yirik hisobli mag‘lubiyatidan (0:3) farqli o‘laroq, «Spartak» bilan bahs voqealarga boy bo‘ldi.
Garchi ushbu bahsda Moskva klubi safidagi o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov jarohati sababli maydonga tusha olmagan bo‘lsa-da, shu kuni O‘zbekiston chempioni safida kuni kecha «Navbahor»dan kelib qo‘shilgan Aziz Turg‘unboyevning norasmiy debyut o‘yini, penalti va «Spartak» ijrosidagi ajoyib gollar guvohiga aylandik.
«Paxtakor» Rossiyaning eng ko‘p muxlisga ega jamoasidan alamli tarzda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Dubaydagi o‘yinni «Jyebel Ali» o‘yingohidan bevosita kuzatib borgan Tribuna.uz fotomuxbiri o‘rtoqlik maqomidagi uchrashuvdan-da qiziqarli va eksklyuziv fotolavhalarni taqdim etdi. Marhamat, yurtimizda qishning sovuq kunlari hukmron paytda Dubayning qaynoq taftini his eting.
Muallif – Muhammadjon G‘aniyev, Dubaydan Tribuna.uz uchun maxsus.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Dubay.
«Paxtakor» - «Spartak» (Moskva) – 1:2
Bosh hakam: Dushan Dmitriyevich (Serbiya).
Gollar: Dragan Cheran 7 penaltidan – Kral 30, Zobnin 87.
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Shahzod Azmiddinov, Anzur Ismoilov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Odil Hamrobekov, Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov, Dragan Cheran, Azizbek Turg‘unboyev, Eren Derdiyo‘q.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Canjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Abrorbek Ismoilov, A'zamov, Komilov, Sobirxo‘jayev, Hamrobekov, Roziyev, Temirov, Erkinov, Yo‘ldoshev.
«Spartak»: Maksimenko, Jigo, Jikiya, Ayrton, Yeshenko, Xendriks, Kral, Ignatev, Bakayev, Pedro Rocha, Ponse.
«Spartak» (2-bo‘limda): Selixov, Kutepov, Maslov, Gaponov, Mozes, Markitesov, Zobnin, Umarov, Larsson, Sobolev, Pedro Rosha.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025