Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga Hamburgdagi mehmonxonalardan joy tegmadi
AQSh Davlat departamenti xodimlari mamlakat prezidenti Donald Tramp uchun 7–8 iyul kuni G20 sammiti o‘tadigan Hamburg shahrida mehmonxona buyurtma qilishga ulgurmadi. Bu haqda Buzzfeed portali o‘z manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
Qayd etilishicha, Tramp ma'muriyat vakillari bilan birga Four Seasons mehmonxonasida to‘xtamoqchi edi, ammo bu mehmonxona Saudiya Arabistoni vakillari tomonidan band qilib bo‘lingani aniqlandi. Bu vaqtda esa shaharda AQSh prezidenti to‘xtashi mumkin bo‘lgan lyuks toifadagi barcha mehmonxonalarda bo‘sh joy qolmagandi.
Shundan so‘ng, Tramp avvaliga Berlinga borib, poytaxtagi mehmonxonalardan birida qolish va Hamburgga vertolyotda borishni rejalashtiradi.
Lekin keyinchalik, Trampni Hamburgdagi hukumat uyida qabul qilishgan, uning jamoasi esa AQSh konsulxonasida joylashishgan.
Namoyishchilar Melaniya Tramp to‘xtagan mehmonxonani o‘rab olishdi
Mavzuga oid
17:48 / 12.07.2026
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
13:13 / 12.07.2026
Amerikalik nufuzli senator Lindsi Grem vafot etdi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
12:28 / 10.07.2026