22:00 / 07.07.2017
7527

Turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi davlat portali ishga tushirildi

O‘zbekiston - turizm salohiyati yuqori davlatlardan biri hisoblanadi. Buni mamlakatga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimining yil sayin ko‘tarilayotgani ham ko‘rsatib turibdi. Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda turizm yo‘nalishini yanada rivojlantirish bo‘yicha turli davlat dasturlari qabul qilinmoqda va tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.

Mana shu ishlarning amaliy natijasi sifatida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yangilangan uzbekistan.travel davlat turistik portalini ishga tushirilgani misol bo‘lishi mumkin. Ushbu portal orqali mahalliy va horijiy sayyohlar O‘zbekistonning qadimiy va navqiron shaharlari, sayyohlik manzillari bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi. 

Portal rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy va koreys tillarida ishlaydi. Ayni damda portalni yanada boyitish maqsadida O‘zbekistonning turli hududlaridan turizm yo‘nalishiga doir turli materiallar to‘planmoqda. Yana shuni alohida ta'kidlash lozimki, portalda qiziqarli materiallarni o‘qish bilan birga undan diqqatga sazovor joylar, ko‘ngiochar maskanlar, muzey va tarixiy obidalar haqida ma'lumot olish imkoniyati ham mavjud. 

Top