Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:07 / 08.07.2017
11014
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagi qamoqxonalarning birida dron orqali qochishga harakat qilindi
Jimmi Kausi Janubiy Karolinadagi qat'iy rejimli qamoqxonadan dron yordamida qochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Fox News xabar beradi.
Telekanalning qayd etishicha, uchuvchisiz apparat yordamida noma'lum shaxslar Kausiga eshikni ochuvchi tig‘ yuborishgan va u qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Biroq qochoq ko‘p o‘tmay huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlandi. Kausi 7 iyul kuni Texasda qo‘lga olindi. Hozirda politsiya voqeani o‘rganib chiqib, mahbusga qochishda kim yordam berganini aniqlamoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish