Jamiyat | 16:15 / 08.07.2017
9581
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy qishloq xo‘jaligi vaziri Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi

Hozirgi kunda Toshkent davlat agrar universiteti Yevropa, AQSh, MDH davlatlarining rivojlangan oliy ta'lim muassasalari va o‘quv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini olib boradi.

Universitet chet el OTM va ITIlari bilan 30dan ziyod shartnoma va memorandumlar imzolangan. Bunga, oxirgi ikki yil davomida universitet rahbar va pedagog xodimlarini 100dan ortig‘i malaka oshirish kurslariga, stajirovkalarga hamda 200dan ziyod talabalar chet el universitetlarida ishlab chiqarish amaliyotlariga yuborilganini misol qilib keltirish mumkin. Koreya milliy tadqiqotlar fondi bilan tuzilgan shartnoma asosida ikki nafar koreyalik professor universitetda faoliyat olib borayapti.

7 iyul kuni universitetning faoliyatida muhim voqea, Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xo‘jaligi vaziri Xan Chanfu boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi bo‘lib utdi. Tashrif davomida janob Xan Chanfu universitet rektori Botirjon Sulaymonov bilan uchrashdi.

Tashrif davomida Xan Chanfu universitetning Agronomiya, Agroinjyeneriya va Zootexniya fakultetlari professor o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan amalga oshirayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishtirildi va qilingan ishlar mehmonlar tomonidan yuqori baxolandi.

Tashrifning yakunida mehmonlar universitetning eksperimental tajriba stansiyasiga bordi va Janubiy Koreyaning KOICA Xalqaro agentligi tomonidan yaratilgan zamonaviy gidroponika issiqxonasi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif yakunida Toshkent davlat agrar universiteti qoshida Konfutsiy institutini ochish masalasi muhokama qilindi va mehmonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Mavzuga oid