Mirziyoyev: Xonadonlarni taqsimlashda adolat tamoyillariga qat'iy amal qilish lozim

Foto: uza.uz
O‘zbekiston Prezidenti Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan shahar Uychi ko‘chasini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur ko‘chada o‘n beshta ko‘p qavatli turar joy binosi va o‘ndan ziyod infratuzilma obekti qurilmoqda. O‘tgan yilning kuzida ushbu ko‘chada Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar maktabining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgan. Ikkita yopiq sport zali va boshqa zarur xonalarga ega bo‘lgan majmuada sportning ko‘plab turi bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilgan, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Prezident ko‘p qavatli turar joylarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, aholi uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shu yerda Namangan shahrida namunaviy loyiha asosida bunyod etilayotgan 8 ta yetti qavatli arzon turar joy binosi, Farg‘ona vodiysi temir yo‘llarini elektrlashtirish konsepsiyasi, Namangan temir yo‘l vokzalini yangidan qurish, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va endokrinologiya ilmiy-amaliy markazlari Namangan filiallari binolarini rekonstruksiya qilish, ularni malakali kadrlar va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlash, Kosonsoy tumanida yoshlar va o‘smirlar texnoparki bunyod etish loyihalari taqdimoti bo‘ldi.
Davlat rahbari Namangan shahrida kelasi yili namunaviy loyiha asosida 18ta ko‘p qavatli turar joy qurilishini ta'kidladi. Kvartiralarni taqsimlashda adolat tamoyillariga qat'iy amal qilish lozimligini qayd etdi.
Prezident O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Namangan viloyati badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasining rekonstruksiya qilingan binosi va bu yerdagi ko‘rgazma bilan ham tanishdi.
Galereyani yoshlar uchun chin ma'nodagi ma'rifat maskaniga aylantirish, milliy an'analarni davom ettiradigan «ustoz-shogird» maktabini yaratish, bunday galereyalarni barcha viloyatlarda tashkil qilish kerak, dedi davlat rahbari. Yoshlar ko‘p asrlik tasviriy va amaliy san'at an'analariga hurmat ruhida kamol topsin.
Mirziyoyev shahardagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulotlarda qatnashayotgan badiiy gimnastikachi qizlar va bokschi yoshlar bilan muloqot qildi.
Bugun o‘zbek boks maktabi vakillariga butun dunyo sportchilari tan bermoqda, havas qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarda jahonda tengsiz ekanini isbotladi. Bunday yutuqlarga erishish uchun nafaqat zamonaviy sharoit, balki tinimsiz mehnat, fidoyilik, vatanparvarlik ham talab etiladi. Sizlarga ham kelgusida katta sportda yuksak parvozlar tilayman, dedi davlat rahbari.
Prezident yosh sportchilarga sovg‘alar topshirdi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
NNTga ekologik loyihalar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi
O‘zbekiston | 13:58
-
YeI Kavkaz va Markaziy Osiyoda "Ozodlik radiosi"ni qo‘llab-quvvatlaydi
Jahon | 13:48
-
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
Jahon | 13:45
Mavzuga oid

20:16 / 18.05.2025
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

21:56 / 15.05.2025
Namanganda gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

18:39 / 14.05.2025
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi

08:31 / 09.05.2025