Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» sobiq futbolchisi Lukakuning «MYu» libosidagi suratini tarmoqqa joylashtirdi

«Manchester Yunayted» va «Everton» klubi sobiq himoyachisi Fil Nevill o‘zining «instagram»dagi sahifasida «Everton» hujumchisi Romelu Lukakuning «qizil iblislar» libosida tushgan suratini joylashtirdi va uning tagiga «Buyuk bir klubdan boshqa bir buyuk klubga o‘tmoqda», degan sharh yozib qoldirdi.
Suratga yaxshilab e'tibor qaratsangiz, uning fotoshop qilinganini payqash qiyin emas. Lukakuning bosh qismi «MYu»dagi yangi libos taqdimotida ishtirok etgan futbolchilardan birining boshiga almashtirib qo‘yilgan.

Hozircha, Lukakuning transferi bo‘yicha rasmiy ma'lumotlar yo‘q. «Manchester Yunayted» tashqari «Chelsi» ham futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Qiziq tomoni, 2014 yilda «Chelsi» Lukakuni «Everton»ga o‘sha paytda klub bosh murabbiyi bo‘lgan Joze Mourino talabi bilan sotib yuborgandi. Endi esa «MYu»ni boshqarayotgan portugaliyalik futbolchi qanday qilib bo‘lmasin, Lukakuni qo‘lga kiritish harakatiga tushib qolgan.
Mavzuga oid
12:33 / 02.02.2026
«MYu»da kambek, «Siti» darvozasiga yil goli, «Real» amalladi. Kun o‘yinlari
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026