Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqtanli sportchi tarixda ikkinchi bor 100 metrga 10 soniyadan tezroq yetib bordi
Turkiyalik sprintchi Ramil Guliyev Athletics Turkcell Super League musobaqalarida 100 metrlik masofaga 9,97 soniyada yetib bordi. Bu haqda Turkiya Yengil atletika federatsiyasi saytida xabar berilmoqda.
Shunday qilib, Guliyev 100 metrlik marraga 10 soniyadan tezroq yetib borgan tarixdagi ikkinchi oqtanli sportchi bo‘ldi. Bunday natijaga erishgan birinchi sportchi esa fransiyalik Kristof Lemetrdir. U 2010 yilda bu masofani 9,98 soniyada yugurib o‘tgan, bir yil o‘tgach shaxsiy rekordini o‘rnatgan — 9,92 soniya.
Guliyev kelib chiqishi ozarboyjonlik bo‘lgan 27 yoshli turk yengil atletikachisidir. U 2011 yilda Turkiya fuqaroligini olgan. Shu sababli, uning barcha natijalari Turkiyaga tegishli hisoblanadi. Guliyev o‘z vaqtida 60, 100, 200, 300 metrlarga yugurishda Ozarboyjon rekordchisi ham bo‘lgan.
Yugurish tarixida 100 metrlik masofani 10 soniyadan tezroq bosib o‘tgan sportchilar soni 100 dan ortiq. Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) 10 soniyalik to‘siq egallanganini faqat to‘liq avtomatlashgan sekundomerlardan foydalanilganida, shamol tezligi soniyasiga 2 metrdan kam bo‘lgan, doping ishlatilmagan holatdagina hisobga oladi.
Bu masofada yamaykalik Useyn Bolt jahon rekordchisi. U 2009 yili bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 100 metrni 9,58 soniyada yugurib o‘tgan.
Mavzuga oid
13:23 / 22.04.2025
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
18:07 / 06.12.2024
World Athletics O‘zbekistonni kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi
14:40 / 02.12.2024
Yaroslava Maguchix 2024 yilda dunyoning eng yaxshi yengil atletikachisi bo‘ldi
08:46 / 04.08.2024