Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi (World Athletics) musobaqalar natijalarini ehtimoliy manipulyatsiyasini aniqlaş maqsadida tuzilgan kuzatuv röyxatidan sakkizta davlatni, jumladan Özbekistonni ham olib taşladi. Bu haqda taşkilotga tayanib «RIA Sport» xabar berdi.
World Athletics 2022 yil sentabr oyida Yengil atletikadagi salbiy holatlarga qarşi kuraş (AIU) taşkiloti tomonidan Tokio Olimpiadasi saralaşi davridagi şubhali natijalar haqida 17 ta hisobot böyiça tekşiruv boşlab, kuzatuv röyxati şakllantirilganini e’lon qilgan edi.
«2024 yil uçun yillik hisobot hamda hakamlar standartlari va jarayonlarini takomillaştiriş böyiça erişilgan yutuqlardan söng, tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan şartlarga rioya qilgan holda quyidagi federatsiyalar röyxatdan çiqarib taşlanadi: Albaniya, Armaniston, Gurjiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Turkiya va Özbekiston», deyiladi taşkilot bayonotida.
Eslatib ötamiz, 2021 yilda World Athletics kengaşi saralaş ballari böyiça notöğri ma’lumotlar muammosini hal qiliş uçun Musobaqalar manipulyatsiyasi kuzatuv röyxatini tuzgan edi. Keyin AIU şubhali Olimpiya saralaş standartlarini tekşiriş uçun 17 ta individual yöllanma oldi va musobaqalarni manipulyatsiya qiliş deb ataladigan kuzatuv röyxatini işga tuşirdi.
World Athletics kuzatuv röyxatiga kiritilgan federatsiyalar tomonidan ötkaziladigan musobaqalarda erişilgan natijalarni tan olmasligini ma’lum qildi, tanlangan rasmiy tadbirlar bundan mustasno. Bularga rasmiy xalqaro yoki mintaqaviy çempionatlar kiradi.

















