Prezident Şavkat Mirziyoyev hokkey böyiça Özbekiston milliy jamoasini jahon çempioni bölgani bilan, yengil atletika böyiça U-18 milliy jamoasini esa ilk marta Osiyo vitse-çempioni bölgani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.
Armanistonda ötkazilgan jahon çempionatida Özbekiston milliy hokkey jamoasi IV divizionda ilk marta iştiroki etib, ğolib böldi va kelgusi mavsumda uçinçi divizionda qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.
Terma jamoa mart oyida Tailandda bölib ötgan 18 yoşgaça bölgan xokkeyçilar örtasidagi jahon çempionatida ham terma jamoa ğalaba qozongan edi.



Şu bilan birga, Saudiya Arabistonida ötkazilgan 18 yoşgaça bölgan sportçilar örtasidagi yengil atletika böyiça Osiyo çempionatida özbekistonliklar 3 ta oltin, 5 ta kumuş va 4 ta bronza medalini qölga kiritib, öz tarixida birinçi marta umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi.
«Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida örni borligini ta’kidlaş joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxşilandi, yangi maktablar oçilmoqda, sportçilarning professional rivojlanişi uçun şart-şaroitlar yaratilmoqda. Davlat rahbari xokkeyçi va yengil atletikaçilarni yuksak zafarlar bilan tabriklab, ota-onasi, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etadi», deyiladi xabarda.




















