8 mln so‘mdan ortiq pullarni bosqinchilik bilan egallab olgan shaxslar ushlandi
2017 yilning 6 iyun kuni taxminan soat 14:00larda noma'lum shaxslar bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida fuqaro Davron Bekmuradovni (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) pichoq bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 8.370.000 so‘m pullarini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringanlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan narsalarni ishlatib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Abduvohid Rashidov, Soslan Xadartsev va Murodjon Sa'dullayev sodir etganliklari aniqlangan.
Rashidov va Xadartsevlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Sa'dullayevni ushlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar, shuningdek, Sa'dullayevning qayerda ekanligini bilgan shaxslar «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
15:30 / 22.10.2024
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
16:18 / 25.09.2024