Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «aqlli» karnay janjal vaqtida adashib politsiyani chaqirib yubordi
Qurilmani «Politsiyaga qo‘ng‘iroq qildingmi?» degan savol ishga tushirib yuborgan va u chindan ham politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan, deb xabar bermoqda ABC News.
Amerikaning Nyu-Meksiko shtati politsiyasi Albukerke shahri yaqinidagi uylardan biridagi «aqlli uy qurilmasi» 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, oilaviy ehtimolli qotillikning oldini olgan. Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, 28 yoshli Eduardo Barros iyul oyini boshida kvartirada suyukli yori va uning qizi bilan birga o‘tirgan bo‘lgan. Ayol notanish erkakdan SMS qabul qilgach, Barros jahllanib, uni xiyonatda ayblay boshlagan.
Janjal kaltaklanishga aylangan. Janjal avjiga chiqqan vaqtida Barros yonidan to‘pponchasini chiqargan va «Politsiyaga qo‘ng‘iroq qildingmi?», deya baqira boshlagan. Qurilma savolni eshitib, uni «Politsiyaga qo‘ng‘iroq qil» buyrug‘i sifatida qabul qilgan va 911 raqamini tergan.
Barrosning uyiga muzokara o‘tkazish uchun jamoa va SWAT tezkor otryadi kelgan. Ko‘p soat davom etgan so‘zlashuvlardan so‘ng politsiya Barrosni qo‘lga olgan. Janjal natijasida ayol turli jarohatlar olgan, biroq shifoxonaga yotishga ko‘nmagan.
Politsiyadagilar «yangi texnologiyalardan kutilmaganda foydalanish kimningdir hayotini saqlab qolish ehtimolini oshirayotgani»ni qayd etishgan. Bernalilo okrugi sherifi bu voqeani «ajoyib» deb atagan va qurilmaning chaqiruvchisiz voqea juda xunuk yakun topishi mumkinligini qayd etgan. Barrosga qurolni noqonuniy saqlash, og‘irlashtiruvchi holatlarda tan jarohati yetkazish va odamlarni garovda ushlash aybi qo‘yilmoqda.
Gizmodo nashrining yozishicha, bunday tasodifiy chaqiruvlar politsiyaga nafaqat yordam, balki xalaqit ham berishi mumkin. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, «aqlli» karnaylar balandlatib qo‘yilgan jinoyat sahnasi ko‘rsatilayotgan kino tomoshasida ham politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib yuborishi mumkin. 2017 yil yanvarida San-Diyegodagi telekanal 6 yoshli qizaloq Amazon Eso yordamida qo‘g‘irchoqlar uyiga buyurtma qilganini hikoya qilib bergan edi. Efir vaqti boshlovchi «Aleksa uy buyurtma qildi» iborasini tilga olgan, shundan so‘ng shahardagi bir necha qurilma xarid qilishga urinib ko‘rish uchun ishga tushgan.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026