Chiqish vizalarini bekor qilish, xorijdagi mehnat faoliyatini litsenziyalash, onlayn ro‘yxat - muhokama markazida
2017 yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov idoralararo majlis o‘tkazdi. Majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik va boshqa davlat strukturalari vakillari ishtirok etishdi. Bu haqida tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti chog‘ida tushgan savollarni yechish yo‘llari, jumladan qonunchilik va qonunosti hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar batafsil muhokama qilindi.
Xorijdagi mehnat faoliyatini litsenziyalash va undan kelib chiqadigan konsullik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlar borasida joriy amaliyotni soddalashtirish va on-layn ro‘yxatga olish tizimini joriy qilish to‘g‘risida taklif bildirildi.
O‘zbekiston fuqarolarining chiqish vizalarini olish bilan bog‘liq ko‘p sonli muammolari (To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga murojaat qilganlarning 9,5%) borasida turli variantlar, xatto ularni to‘liq bekor qilinish haqida mulohazalar bildirildi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Rossiya davlat tashrifi chog‘ida imzolangan ikki tomonlama shartnomani amalga oshirish doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik tomonidan Rossiyaning qator shaharlarida Agentlikning vakolatxonalarini ochish masalasi ustida ishlar olib borilayotganiga e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
22:50 / 04.09.2024