Jahon | 20:32 / 10.07.2017
7508
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari

AQShning Kaliforniya shtatida 8 ming kishi o‘tgan hafta oxirida boshlangan o‘rmon yong‘inlari tufayli evakuatsiya qilindi.

O‘t o‘chirish ishlariga 5 ming nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan.

Shtat hududidagi Circle V Ranch sog‘lomlashtirish oromgohida 90 nafar bola va 50 nafar yetakchi hududda avj olgan o‘rmon yong‘ini asiriga aylangan. Bolalar va ularning yetakchilari hodisa joyida tabiiy ofatdan yashirinishga majbur bo‘lmoqda.

Foto: Trend

O‘rmon yong‘inlari Santa Barbara okrugida 8 iyul, shanba, kunning ikkinchi yarmida boshlandi va tezda tarqalmoqda. Ular qo‘shni Kolorado shtatiga o‘tishga ham ulgurgan.

© AP Photo/Noah Berger
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid