O‘zbekiston | 17:56 / 10.07.2017
66877
2 daqiqa o‘qiladi

IIV tizimida birdaniga 13 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

O‘zbekiston IIV tizimida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Xususan, polkovnik Tohir Aripov – IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Sharofiddinxo‘ja Usmonov – IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga;

mayor Rahimjon Ochilov – IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasi “Mustaqillik” maydoni va maydonda joylashgan ma'muriy binolarni qo‘riqlash bo‘yicha Komendatura boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Aziz Rafiyev – Navoiy viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Muhammadjon Atabayev – Xorazm viloyati Urganch tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Bunyod Radjapov – Xorazm viloyati Hazorasp tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

mayor Mansur Rajapov – Xorazm viloyati Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Chori Kucharov – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

mayor Jalol Samadov – Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Nodirbek Ismailov – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

mayor Dilshod Hojamatov – Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Dilmurod Madayupov – Farg‘ona viloyati Toshloq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Jasurbek Sherqulov – Jizzax viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.

Mavzuga oid