Qatar: «Arab davlatlari boykotiga qarshi 340 mlrd dollarlik zaxiralar bor»
Qatar Markaziy banki rahbari Abdulla bin Saud Al-Taniyning CNBC’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Doha arab davlatlari boykotidan qo‘rqmaydi va iqtisodiy blokadaga dosh bera oladi.
«Bizning tizim ishonchli, biz istalgan shokka qarshi turish uchun yetarlicha mablag‘larga egamiz», - dedi u.
Al-Taniyning so‘zlariga ko‘ra, Qatar Markaziy banki 40 mlrd dollarlik pul va 300 mlrd dollarlik oltin zaxiralariga ega.
Avvalroq Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar ko‘lamini oshirish, shuningdek, uni diplomatik jihatdan yakkalatib qo‘yish darajasini kengaytirishga tayyor ekanliklari xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, diplomatik mojaro 5 iyun kuni ertalab boshlandi. Qatarni terrorizm va terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni birinchi bo‘lib Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Misr va BAA uzdi.
Mavzuga oid
20:17 / 12.11.2024
G‘azodagi urush: Qatar o‘rtadan chiqdi, lekin HAMAS ofisini yopmaydi
17:46 / 10.11.2024
Qatar Isroil va Hamas o‘rtasidagi vositachilikni to‘xtatdi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
17:35 / 16.10.2024