Jahon | 18:04 / 10.07.2017
8566
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Ukrainada rus harbiylari hech qachon bo‘lmagan va hozir ham yo‘q

Foto: AFP

Ukrainada rus harbiy xizmatchilari yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Rossiya harbiy xizmatchilari Ukrainada hech qachon bo‘lmagan va hozir ham yo‘q», - deya ma'lum qildi Peskov NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning rus harbiylarini Ukraina hududidan olib chiqish kerakligi haqidagi fikriga izoh berib.

Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat NATOga a'zolik uchun hozircha ariza yubormasligi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid