Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi Turkiyaga 19,5 mlrd. dollar investitsiya kiritmoqda
2016 yilda SOCAR kompaniyasi Turkiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan eng yirik xorijiy sarmoyador bo‘ldi.
SOCAR kompaniyasi (Ozarboyjonning davlat neft kompaniyasi) bugungi kungacha Turkiya iqtisodiyotiga 12,6 milliard dollar sarmoya yotqizgan, degan kompaniya prezidenti Ravnaq Abdullayev Istanbulda o‘tgan XXII Butunjahon neft kongressida. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili SOCAR kompaniyasi Turkiya iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyador bo‘lgan.
«Loyihalarni amalga oshirish yakunlanganidan so‘ng, SOCARning Turkiya iqtisodiyotiga jalb qilgan jami investitsiyalari hajmi 19,5 milliard dollarni tashkil etadi. STAR neftni qayta ishlash zavodi loyihasini amalga oshirish 90 foizga yakunlangan. Ushbu loyihani amalga oshirishning o‘ziga 6 milliard dollar sarflanmoqda. Izmir shahridagi Aliog‘a tumanida SOCAR tomonidan bunyod etilayotgan konteyner porti singari u ham Turkiyaning joriy hisoblari tanqisligi qisqartirishda muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblaymiz», — degan Abdullayev.
Kompaniya rahbari Transanadolu gaz quvuri (TANAP) orqali Ozarboyjonning «Shoh Dengiz» gaz konidan ilk bor gaz yetkazilishiga e'tiborni qaratdi. 2020 yilda TANAP orqali Yevropaga yiliga 16 milliard metr kub Ozarboyjon gazi jo‘natiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Yevropaning energiya xavfsizligi nuqtai nazaridan, TANAP va TAP gaz quvurlari uning tarkibi qismi bo‘lgan «Janubiy gaz yo‘lagi» loyihasi katta ahamiyat kasb etadi.
XXII Butunjahon neft kongressi (World Petroleum Congress - WPC) Istanbulda besh kun davom etadi.
Kongressda davlat rahbarlari, 100 dan oriq mamlakat va 1500 dan ortiq kompaniya vakillari, ellik nafarga yaqin vazir, besh mingdan ziyod delegat ishtirok etishmoqda. Kongressda 20 mingdan ortiq kishi qatnashadi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024