Pensiyalarni yetkazib berishda naqd pul bilan bog‘liq uzilishlar bo‘lmaydimi?
Prezidentning 2017 yil 13 martdagi «Pensiya va nafaqalarni to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Xalq banki mamlakatda pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli bankka aylandi. Keksalarga qulay xizmatlar ko‘rsatish, albatta qo‘shimcha mas'uliyat yuklaydi. Xo‘sh, buning uchun Xalq bankining imkoniyatlari yetarlimi?
Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki “Pul muomalasi va kassa operatsiyalari” departamenti direktori o‘rinbosari Nodirbek Qodirov shu va shu kabi qator savollarga javob berdi.
— Prezident tasdiqlagan Qarorga muvofiq shu kungacha Xalq banki tomonidan pensiya mablag‘larini to‘lash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
— Qarorga muvofiq, dastlab joriy yilning 1 aprelidan Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlarning 13 ta shahri va poytaxt Toshkentning 6 ta tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq banki tomonidan pensionerlarga pensiya to‘lovlari tarqatila boshlagan edi. Bu boradagi ishlarni kengaytirib, shu yilning 1 mayidan boshlab 39 ta tumanida pensiya to‘lovlari to‘lab berildi. 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha tuman va shaharlarida pensiya mablag‘larini Xalq bankining 2 mingta sayyor kassalari orqali to‘lab berilishi joriy qilindi.
— Agarda belgilangan vaqtda pensiyani olishga ulgura olmagan keksalar nima qilishi kerak? Ular o‘z pullarini boshqa kunlarda qanday tartibda olishi mumkin bo‘ladi?
— Endilikda pensionerlar har oylik pensiya mablag‘larini mahalliy hokimlar, Xalq banki va Pensiya jamg‘armasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig‘inlarida joylashgan kassalardan oladi. Qaror talablaridan kelib chiqib, Xalq banki filiallaridan maxsus kassalarga naqd pullarni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun 600 ga yaqin «Damas» rusumli avtomashinalari bilan ta'minlandi. Shuningdek, pensiya puli uyiga olib borib beriladigan shaxslar ro‘yxati ham tuzib chiqildi. O‘z vaqtda pensiya pulini olishga ulgura olmagan keksalarni uylariga olib borib berish tartibi joriy etildi. Pensiya va nafaqalarni to‘lab berish uchun tashkil qilingan maxsus kassalarning joylashuvida qandaydir o‘zgarishlar yuzaga kelsa, pensioner va nafaqaxo‘rlar bank, shuningdek, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan xabardor etilishi belgilab qo‘yildi. Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq banki bilan birgalikda pensiya va nafaqalar to‘lanishini onlayn rejimda SMS-xabardor etish tizimini amalga tatbiq etdik.
— Ma'lumki, har bir yangilik ortida katta mehnat va mas'uliyat yotadi. Bankning barcha tuman va shahar filiallarida keksa va nogironlarga pensiya va nafaqa to‘lovlari o‘z vaqtida yetkazishlarida muammo bo‘lmasligi uchun bo‘limlar tashkil etish, ularni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish borasida qanday ishlar amalga oshirilayapti?
— Shu o‘rinda kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 4 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar kassir va buxgalter nazoratchi lavozimlariga ishga olinib, ularning bandligi ta'minlanganini alohida ta'kidlash joiz.
Xalq banki tizimida pensiya va nafaqa to‘lovlarini tarqatish bo‘yicha barcha mas'ul xodimlar uchun o‘quv seminarlari tashkil qilindi. Xodimlar tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishi, muomala madaniyati bo‘yicha bilim, malaka hamda tavsiyalarga ega bo‘ldi.
Xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida bankning markaziy apparatidan malakali bank xodimlari biriktirilib, ular filial va joylardagi kassalargacha borib, pensiya mablag‘larini to‘lab berishda amaliy yordam berib kelmoqda.
Pensionerlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini ma'muriy binosida bank tomonidan maxsus stendlar tayyorlanib, ular fuqarolar uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar bilan ta'minlandi va ko‘rinadigan joyga joylashtirildi.
– Pensiya va nafaqalarni yetkazib berishda naqd pul bilan bog‘liq uzilishlar yuzaga kelmaydimi?
– Pensiya mablag‘larini naqd pulda o‘z vaqtida to‘lab berilishi yuzasidan Markaziy bank bilan hamkorlikda barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Xalq banki kelgusida bu borada yuzaga keladigan barcha muammolarni to‘liq bartaraf etgan holda ishonchli tizim asosida faoliyat yuritishda davom etadi.
Shu o‘rinda fuqarolar uchun yana bir qulaylik: Pensiya mablag‘larini tarqatilishi jarayonida paydo bo‘ladigan muammo va shikoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida «1106» qisqa raqamli «ishonch telefoni» tashkil etildi. Fuqarolar unga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi, o‘z shikoyat va takliflari yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi
16:54 / 29.05.2024