Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"xazna" obunachilari 10 milliondan oshdi: foydalanuvchilar nima uchun bu ilovani tanlamoqda?
Bank xizmatlari raqamli formatga o‘tayotgan bir paytda foydalanuvchilar uchun texnologiyaning o‘zi emas, balki uning kundalik hayotda qanchalik ish berayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Foto: Xalq banki
Shu jihatdan moliyaviy operatsiyalarni bir platforma orqali amalga oshirish imkonini beruvchi ilovalarga talab ortib bormoqda.
Xalq bankining “xazna” ilovasi qisqa vaqt ichida 10 milliondan ortiq foydalanuvchi ishonchini qozongani uning bozordagi ehtiyojlarga javob berayotgani, funksional yechimlari va foydalanuvchi ehtiyojlariga mos yondashuvi bilan bog‘liq, deyish mumkin.
Shu bilan birga, xizmatlar tezkorligi va axborot xavfsizligiga qaratilgan yondashuv "xazna" ilovasining muhim ustunliklaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Raqamli moliya va bank xizmatlari sohasida “xazna” ilovasi qulayligi bilan barchaga yaxshi tanish. Bugungi kunda uning foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshdi. Mazkur natija ilovaning keng qamrovli funksiyalari hamda iste’molchi tajribasini yaxshilashdagi yangiliklari bilan izohlanadi.
Foydalanuvchilar uchun yangiliklar
Platformaning eng katta ustunligi foydalanuvchilar uchun tez-tez yangicha imkoniyatlar ishlab chiqishidadir. Masalan, endilikda xazna avto orqali avtokreditni tez va onlayn rasmiylashtirish mumkin. Bu jarayon atigi bir necha daqiqa ichida amalga oshiriladi va foydalanuvchining vaqtini tejaydi.
Foydalanuvchilar kartalarini boshqarishda ham bir qator qulayliklar taqdim etilmoqda: kartani yopish, PIN-kodni tiklash, pul aylanmalarini yuklab olish, mavjud kartalar sonini ko‘rish, hamyon ochish va blokdan chiqarish kabi funksiyalar orqali mizoj moliyaviy nazoratni mustahkamlaydi. Shuningdek, Paynet Xolis tizimi vositasida XaznaPay orqali mikrobizneslar Paynet to‘lovlarini tez va xavfsiz qabul qilishi mumkin.
Xizmatlar yanada qulay va tushunarli
“Xazna” ilovasi o‘z foydalanuvchilari uchun xizmatlarni yanada qulay va tushunarli ko‘rinishga keltirmoqda. Masalan, endilikda TezQR to‘lovlari HUMO kartalari orqali ham amalga oshiriladi, ushbu jihat pul o‘tkazmalarini yanada tez va oson bajarish imkonini beradi.
Hamyonlar bo‘yicha harakatlar tarixi soddalashtirilgan, uning yordamida foydalanuvchilar o‘z xarajatlarini aniq va tushunarli tarzda kuzatishi mumkin. Shu bilan birga, monitoring oynasi funksionalligi yaxshilangan va ilovadagi chat xizmati foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq shaklda ishlab chiqilgan.
Ilova muntazam ravishda optimallashtirilmoqda. Hozirda kichik xatoliklar bartaraf etilib, xizmatlar yanada barqaror ishlamoqda va foydalanuvchi tajribasi yaxshilanmoqda. Ushbu jihatlar “xazna”ning ishonchliligini oshiradi, iste’molchilarga doimiy ravishda sifatli xizmat taqdim etish imkoniyatini beradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:00 / 12.12.2025
Xalq bankida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
18:53 / 12.08.2025
Xalq bankida 9,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirib yuborilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14:00 / 20.04.2025
Xalq bankida “Lider ayollar” dasturi doirasida xalqaro seminar-treninglar o‘tkazildi
20:43 / 28.02.2025