Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 iyul kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari
Foto: "Kun"
2017 yilning 9 iyul kuni Toshkent shahri hududida 1 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
2017 yilning 9 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2411 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 736 tasini qo‘pol turdagi, 30 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 9 iyul kuni jami 993 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 396 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 597 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:50 / 20.02.2026
Mirobod tumanida 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026