Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qilişiça, hodisa joriy yilning 18 iyun kuni soat 18:30 atrofida Çilonzor tumanidagi Bunyodkor şohköçasida sodir bölgan.

Qayd etilişiça, Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi quvib ötiş qoidalarini qöpol ravişda buzib, rul boşqaruvini yöqotgan. Natijada avtomobil yölni ikkiga ajratib turuvçi beton tösiqqa çiqib ketib, yölni yoritiş çiroq ustuniga urilgan.

Hozirda mazkur yöl-transport hodisasi yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

YHXB haydovçilarni yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirib, bu kabi qoidabuzarliklar oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligini eslatdi.