Jahon | 20:40 / 11.07.2017
11550
1 daqiqa o‘qiladi

Abxaziyada rossiyalik sayyohlarga hujum qilindi, bir kishi halok bo‘ldi

Abxaziyada talonchilik oqibatida olingan jarohatlari tufayli rossiyalik sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat IIV ma'lumot bergan.

TASS axborot agentligi vazirlikka asoslanib xabar berishicha, hodisa Gudaut tumani hududidagi Achandara qishlog‘ida ro‘y bergan.

«Baliq ovidan qaytayotgan bir guruh sayyohlarga avtomat va pichoqlar bilan qurollangan kishilar hujum uyushtirib, pul talab qilishgan. Qarshilik ko‘rsatganlardan biri og‘ir jarohat olgan, u keyinchalik shifoxonada jon bergan», — deyilgan IIV xabarida.

Ayni vaqtda jinoyatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid