Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
Abxaziya parlamenti binosi oldida otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir deputat halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Otishmani uyushtirishda gumonlanayotgan deputat esa voqea joyidan yashirindi.
Abxaziya parlamenti oldida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda voqea joyidagi muxbirlariga tayanib, «Apsnipress» xabar berdi.
Qayd etilishicha, otishma oqibatida ikki nafar deputat yaralangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, deputatlardan biri — Vaxtang Golandziya olgan jarohati oqibatida vafot etgan.
Yana bir deputat — Kan Kvarchiya qo‘lidan yaralangan bo‘lib, respublika shifoxonasida unga yordam ko‘rsatilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, otishmani deputat Adgur Xaraziya uyushtirganlikda gumonlanmoqda, u voqea joyidan yashiringan. Parlament binosida IIV va prokuraturaning tergov guruhlari ishlamoqda.
Abxaziya prezidenti vazifasini bajaruvchi Badra Gunba kuch tuzilmalari vakillarining sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha hisobotini tinglagan. Yig‘ilish ishtirokchilari tergov boshlanganini ma’lum qilgan.
Mahalliy AMPA-Life Telegram kanalining yozishicha, parlament yig‘ilishida mayningni taqiqlashga oid qonun loyihasi muhokama qilingan. Shu payt Adgur Xaraziya va Kan Kvarchiya o‘rtasida janjal boshlangan, Vaxtang Golandziya esa ularni ajratishga uringan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026