Markaziy saylov komissiyasi raisi Dmitriy Marnaşning ma’lum qilişiça, dastlabki hisob-kitoblarga köra, Badra Gunba 54,73 foiz ovoz töplagan.

«Berilgan ovozlarning dastlabki hisob-kitoblariga köra, Ardzinba Adgur 41,54 foiz ovoz (41 ming 708 kişi), Gunba Badra esa 54,73 foiz (54 ming 954 kişi) ovoz töplaşga muvaffaq böldi. Qayta ovoz beriş natijalariga köra Gunba Badra Abxaziyaning saylangan prezidenti hisoblanadi», — deydi Marşan.

Marşan tomonidan keltirilgan raqamlar, şuningdek, buzilgan va barçaga qarşi ovoz berilgan byulletenlarni ham inobatga oladi.

Muddatidan oldin prezidentlik saylovlarining birinçi turi Rossiya bilan yuzaga kelgan siyosiy inqiroz sabab 15 fevralda ötkazilgan edi. Ikkinçi turda ikki nomzod iştirok etdi — muxolifat vakili Adgur Ardzinba va prezident vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Badra Gunba.

Eslatib ötamiz, 15 noyabr kuni Abxaziya parlamenti Rossiya bilan kelişuvni ratifikatsiya qiliş masalasini körib çiqişi kerak edi. Biroq deputatlar kun tartibini tasdiqlay olmadi va Xalq Assambleyasi spikeri Laşa Aşuba yiğiliş bekor etilganini e’lon qildi.

Şundan söng poytaxt Suxumda muxolifat tarafdorlari va Xalq majlisi binosini qöriqlayotgan xavfsizlik kuçlari örtasida töqnaşuvlar boşlandi. Prezident Aslan Bjaniya Suxumdagi namoyişlarni davlat töntarişiga uriniş deb atadi.

Oradan uç kun ötib, Abxaziya hukumati va muxolifat örtasida boşlangan muzokaralardan söng Aslan Bjaniya «mamlakatda barqarorlik va konstitutsiyaviy tuzumni saqlaş maqsadida» iste’foga çiqdi.