Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘g‘il otasi yoniga kelgan shaxsni sababsiz o‘ldirdi
Farg‘ona tumani IIB navbatchilik qismiga 2017 yil 9 iyul kuni soat 15-30larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, Farg‘ona tumanida yashovchi Nodirbek (ismi o‘zgartirilgan) dala maydonida otasi yoniga kelgan tanishi M.Bo‘taboyevga hech bir sababsiz “Hamzani o‘ldir”, degan so‘zlarni ishlatib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan bir marotaba oldi ko‘krak sohasiga va bir marotaba orqa bel umurtqa sohasiga urib tan jarohati yetkizgan. M.Bo‘taboyev olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona tumani IIB Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.Hotamovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marg‘ilon shahar IIB xodimlarining qidiruv tadbiri davomida Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi, 180-modda 1-qismi , 184-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan og‘ir jinoyatlar bilan ayblanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv e'lon qilingan Marg‘ilon shahrida yashovchi M.Holmatov ushlangan.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026
Farg‘onada o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majburlagan topshiriq vazirlikdan tushgani ma’lum bo‘ldi
20:40 / 06.01.2026
Farg‘onada tadbirkorlarga nisbatan chiqarilgan noqonuniy ma’muriy qarorlar bekor qilindi
22:32 / 23.12.2025