Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab o‘quvchisi Pentagon rahbari telefon raqamini aniqladi
Amerikalik maktab o‘quvchisi Teddi Fisher AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning xizmati telefoni raqamini bilib oldi va shundan so‘ng unga rahbariga qo‘ng‘iroq qilib tushdi.
Bu haqda New York Post Merser Aylenddagi ta'lim muassasasi gazetasiga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Fisher Mettisdan maktab gazetasi uchun intervyu olmoqchi bo‘lgan. U harbiy mahkama rahbari bilan 45 daqiqa davomida muloqot qilgani aytilmoqda.
Maktab o‘quvchisining so‘zlariga ko‘ra, telefon raqamini The Washington Post gazetasidagi maqola orqali bilib olgan. Maqoladagi fotosuratlardan birida Mettisga hamrohlik qilgan erkakda jild bo‘lgan, unga esa AQSh mudofaa vazirining raqami bo‘lgan stiker yopishtirilgan edi.
Shundan so‘ng o‘quvchi Pentagon rahbariga intervyu borasida matnli xabar yubordi va Mettis rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026