Putinga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi afv etishlarini so‘radi

2013 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston fuqarosi Ilya Pyanzin afv etish borasida murojaat bilan chiqdi. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi yozmoqda.
«Jinoyat sizga qarshi yo‘naltirilgandi, shuning uchun sizga shaxsan murojaat qilishga qaror qildim», - deyiladi Pyanzinning murojaatida.
Pyanzinning rafiqasi ham murojaat Samara viloyatidagi 26-sonli qattiq tartibli koloniya ma'muriyatiga may oyida yuborilganini ma'lum qildi.
Qozog‘iston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, u fitna ishtirokchisiga tasodifan aylangan. Bundan tashqari, gazetaning yozishicha, undan foydalanishgan, “u aslida nima qilishmoqchi ekanini tushunganda esa, ortga chekinish uchun vaqt qolmagandi”.
“Men qo‘rqib ketdim. Garchi qo‘rquv mening bu ahmoqona jinoyatda ishtirok etganimni oqlay olmasligini ham tushunganman», - deya ma'lum qildi Pyanzin.
RIA Novosti’ning xabar berishicha, 2012 yilda Odessa shahrida ekstremistik guruh faoliyati fosh etilgan. Unga chechenistonlik Adam Osmayev va Ruslan Madayev hamda Qozog‘iston fuqarosi Ilya Pyanzinlar a'zo bo‘lgan. Odessadagi ularning bazasi hisoblangan xonadonlardan birida qo‘lbola bomba ishlab ketgan. O‘shanda Madayev halok bo‘ldi, qo‘lga olingan Pyanzin esa Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlariga sheriklari portlovchi qurilmani Vladimir Putinga suiqasd uchun tayyorlashganini aytib o‘tgan.
Mavzuga oid

21:16
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin

23:24 / 20.06.2025
Putin nega Rossiya Eronni qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berdi

21:34 / 20.06.2025
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi

13:25 / 19.06.2025