Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston huquq-tartibot va harbiy pensionerlari uy-joy kommunal xo‘jaliklarga jalb etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi farmoniga o‘zgartishlar kiritdi. Bu haqda Uzreport xabar bermoqda.
2017 yil 1 avgustidan boshlab, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi pensioner harbiylari va xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi markaziy apparati boshqaruv tizimi, Qoraqalpog‘iston respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat boshqarmalari, Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish Bosh boshqarmasi, Ko‘pqavatli turarjoy fondi sohasidagi nazorat inspeksiyasi (hududiy inspeksiyalar bilan birgalikda) va «Kommunxizmat» agentligida ishlayotgan xodimlariga pensiyalar to‘liq hajmda to‘lanadi.
Bunda, yuqoridagi ish joyi pensionerning yagona ish joyi bo‘lsagina, pensiya to‘lash 100 foiz amalga oshiriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda 25 iyulgacha harbiy xizmatchi va xodimlarni mamlakat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga ishga qabul qilish nizomini ishlab chiqishi kerak.
Mavzuga oid
17:17 / 06.03.2026
Eskrou tizimi bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan – Sherzod Qudbiyev
15:21 / 14.02.2026
“Pensiyangiz keyingi oydan oshiriladi” – bu yolg‘on!
12:04 / 21.01.2026
Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish osonlashdi
18:49 / 05.01.2026