Uy-joy xaridi bilan boğliq firibgarliklarning oldini oliş maqsadida yanvardan joriy etilişi kerak bölgan eskrou tizimi böyiça qonun keçikyapti, hanuz qabul qilinmagan. Urbanizatsiya milliy qömitasi raisi Şerzod Qudbiyevga köra, hujjat ayni vaqt hukumatda, Adliya vazirligi bilan kelişilmoqda. Mart-aprel oylarida Qonunçilik palatasiga kiritilişi mumkin.

Prezidentning ötgan yili yanvar oyida qabul qilgan 11-sonli farmoni bilan şu yil 1 yanvaridan qurilişda moliyaviy intizomni kuçaytiriş va mijozlar uçun xavfsiz muhit yaratiş maqsadida eskrou tizimi joriy etilişi kerak edi.

Bu bilan barça quruvçilar uluş kiritiş asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oşirişi majburiy bölardi. Ammo tizim hanuz joriy etilmadi, vaholanki, farmon 1 yil avval qabul qilingandi.

Milliy kontent işlab çiqaruvçi markazida ötgan matbuot anjumanida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev Kun.uz muxbirining keçikiş bilan boğliq savoliga javob berdi.

Uning aytişiça, hujjat 1 iyulgaça qabul qilinişi yuzasidan topşiriq berilgan. Hozirda qonun loyihasi hukumatda, Adliya vazirligi bilan kelişiş jarayonida.

“Ayrim xususiy banklar biz hozirdan işga tuşaveraylik deyapti, lekin uning tartib-tamoyillarini amalga oşiriş uçun qonun kerak. Ya’ni eskrouning asosiy ma’nosi nima? Agarki tadbirkorlik sub’yekti uy-joyni quraman desa, quraversin, heç kimning e’tirozi yöq. Lekin agar bu qurilişga odamlardan pul olaman desa, buni qonun bilan tartibga solişimiz kerak. Hozir şu jarayon böyiça qonun, tartib yöq. Şu qonun böyiça kelişib olişimiz kerak.

Qança foizini olişi mumkin? Agar [uyni] vaqtida [qurib] topşirmasa, kim javob beradi? Agar u quruvçi bankrot bölsa, nima böladi? Aholi bergan pulining qança foizidan böladi? Şu qöyilgan puldan quruvçi qança foizda kredit oladi? Juda köp oçiq savollar bor. Ertaga uni xomligiça qabul qilsak, keyin bizni tanqid qilib taşlaşadi. Şuning uçun uni pişirib-pişirib olib çiqiş kerak”, – deydi Qudbiyev.