Jamiyat | 19:31 / 12.07.2017
17479
2 daqiqa o‘qiladi

Kelin o‘z qaynotasining uyiga o‘g‘rilikka tushdi

Kelin o‘zi tushgan xonadonning fayzi, farishtasi bo‘lishi kerak. Lekin u erining yaqinlarini uyiga o‘g‘rilikka tushsa-chi? Shunaqasi ham bo‘lar ekan.

Frishkent Qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Saidov G‘ijduvon tuman IIBga ariza orqali murojaat qilib, noma'lum shaxs uning yashash uyiga hech kimga bildirmasdan kirib, o‘g‘rilik sodir qilgani haqida xabar bergan.

Jumladan, uning yashash xonasidagi devorga osilgan xarita orqasidan 1000 AQSh dollari, ushbu xonadagi javon ichida bo‘lgan 385.000 so‘m naqd pullari va har birining bahosi 750.000 so‘mdan bo‘lgan 1 dona ayollar uzugi hamda 1 dona ziraklarni o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, B.Saidovning kelini — 1995 yilda tug‘ilgan  D.Safarova sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan, — deya xabar qiladi Kun.uzga Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati.

Ushbu holat yuzasidan D.Safarovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayb e'lon qilingan.

Mavzuga oid