Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Milliy banki raisi O‘zbekistonga keldi
Shveytsariya Milliy banki boshqaruvchilar Kengashining raisi Tomas Jordan iqtisodiy hamkorlik doirasida Toshkentga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a'zolari Markaziy bankka tashrifi chog‘ida mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat va bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan investitsiya muhitini yanada yaxshilash, bank tizimining barqarorligini ta'minlashdagi chora-tadbirlar bilan tanishdilar.
Muzokaralar chog‘ida mehmon O‘zbekistonning pul-kredit, valyuta siyosatini liberallashtirish borasida ko‘rilayotgan sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Janob Jordan O‘zbekiston banklari uyushmasida Markaziy bank xodimlari va tijorat banklari rahbarlari uchun “Iqtisodiy shart-sharoitlar va Shveytsariya monetar siyosati” mavzuida taqdimot marosimini o‘tkazdi.
Mehmonlar O‘zbekistonga safari davomida Oliy Majlis Senati rahbariyati va hukumat a'zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif dasturida mehmonlarning qadimiy Buxoroga sayohati ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026