Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi
2017 yilning 11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tashqi siyosat idoralarining rahbarlari turli sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar hamda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik sur'atlarini yanada oshirish nuqtai nazaridan 2017 yilning birinchi yarim yilligi juda mazmunli va samarali bo‘lganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning joriy yilning mart va may oylaridagi uchrashuvlari hamda tegishli vazirliklar va xo‘jalik subektlari rahbarlari o‘rtasidagi intensiv aloqalar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlariga kuchli turtki bergani qayd etildi.
Ta'kidlanganidek, ikki tomon ham oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida ahamiyat beradilar va har bir bitim yoki shartnomaning bajarilish jarayonini tom ma'noda nazorat qiladilar.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Muzokaralarda Turkmaniston Elchisi Shiri Shiriyev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026