Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: 2,1 mlrd kishi toza ichimlik suvi tanqisligiga duch kelmoqda
Dunyo bo‘ylab ikki milliarddan ko‘proq inson toza ichimlik suvi tanqisligidan qiynalmoqda, deyiladi BMT Bolalar jamg‘armasi va Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobotida.
Sayyoraning taxminan 4,5 milliard aholisi yaxshi darajadagi sanitariya-gigiyena sharoitlaridan mahrumdir.
Hozirgi paytda 600 million kishi butunboshli qishloqning boshqa aholisi bilan bitta hojatxonadan foydalanadi, deyiladi hisobotda.
Hisobot mualliflarining xulosasiga ko‘ra, bugungi kunda ayniqsa qishloq tumanlarda juda ko‘plab kishilar toza ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekadi va hojatxonalarsiz yashaydi.
Bu esa har kuni yuzlab bolalar yuqumli kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lmoqda. Har yili faqatgina ichburug‘ tufayli besh yoshgacha bo‘lgan 360 ming bola halok bo‘ladi. Ko‘plab bolalar vabo, gepatit A va ich terlama bilan kasallanmoqda.
«Toza suv, sanitariya va gigiyena faqatgina badavlat kishilar yoki shaharliklarda bo‘lishi kerak emas», - deya ma'lum qildi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh kotibi Tedros Adxanom Gebreyyesus.
Mavzuga oid
10:20 / 11.07.2026
Qashqadaryoda firibgarlikda gumonlangan mutaxassis ushlandi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
08:45 / 30.06.2026