Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azabini yenga olmagan bir insonni o‘ldirib qo‘ydi
2017 yil 8 iyul kuni Chirchiq shahri IIBga shahar Tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga «chap son o‘rta uchligi kesilib, sanchilgan jaroxati» tashxisi bilan Chirchiq shahrida yashovchi yollanma ishchi, 1981 yilda tug‘ilgan Z. M. keltirilgani haqida xabar kelib tushgan.

Toshkent viloyati IIB matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, surishtiruv ishlari natijasida shu kuni soat 13:30 da Z.M. mast holda Chirchiq shahrida joylashgan «Mardona» nomli qurilish mollari do‘koni ro‘parasida tarvuz sotayotgan, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan D. Yu. bilan o‘zaro janjallashib qoladi.
Jahl otiga mingan D.Yu. tarvuz so‘yib berayotgan oshxona pichog‘i bilan Z.M.ni chap son qismiga urib, unga tan jaroxati yetkazadi.
Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jaroxati olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay Z.M. ko‘p qon yo‘qotganligi sababli shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:26 / 11.07.2026
Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi Enn Uiddikomb o‘ldirildi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026