23:00 / 13.07.2017
11305

Makron Fransiya va Rossiya hamkorligi zarurati haqida gapirdi

Foto: RT

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron amerikaliklar rahbari Donald Tramp bilan birga qo‘shma matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildiki, hozirgi vaziyatda o‘z mamlakati Rossiya bilan hamkorlik qilishi kerak.

«Men Versalda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan davomli uchrashuv boshladim. Bu muhim uchrashuv edi. Bizning qarashlarimiz to‘la mos kelmaydi, ammo birgalikda ishlashimiz, axborotlar almashib, yechim izlashimiz muhimdir», — degan Makron.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Makron bilan Hamburgdagi uchrashuvida Rossiya va Fransiyaning iqtisodiy aloqalari rivoj topayotganini, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘sishi haqida aytib o‘tgandi.

Iyun oyi oxirida Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan uchrashuvida Makron Rossiyani Ukraina sharqidagi vaziyat tufayli agressor deb atagandi.

Shundan keyin Rossiya Federatsiyalar Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov Rossiyaning Makron tomonidan bunday ayblanishi fransuzlar yetakchisining siyosatchi sifatidagi no‘noqligi ifodasi ekanini aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top