Jahon | 10:22 / 13.07.2017
9287
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada jinoyatchilardan qochib ketgan politsiyachilar 27 yilga qamaldi

Foto: Reuters

Meksika sudi jinoyatchilardan qochib ketgan olti nafar politsiyachini 27 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Excelsior xabar berdi.

2016 yilda mahalliy fuqarolardan birining qo‘ng‘irog‘i bilan politsiyachilar Sinaloa shtatidagi Kristo-Rey shahriga yetib kelishgan. Voqea joyida erkakni o‘g‘irlash harakatida bo‘lgan jinoyatchilarga to‘la bir necha yuk mashinalarini ko‘rgach, politsiyachilar qochib qolishni ma'qul topishdi.

27 yoshli erkakning o‘g‘irlanishi, shuningdek politsiyachilarning qochishi tasvirlangan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi. Bundan tashqari, videorolik sud uchun o‘ziga xos dalilga aylandi.

Yuqori mansabli politsiya amaldorlari qo‘l ostidagi xodimlarining qochishi alohida strategiya bo‘lganini tushuntirishga harakat qilganlar, biroq sud bu fikrga qo‘shilgani yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid