Tramp Suriya bo‘yicha bayonot berdi
Ayni paytda Suriyada ikkinchi vaqtinchalik sulh haqidagi hujjat ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Parijda fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
«Biz Suriyaning yana bir muammoli qismida ikkinchi vaqtinchalik sulh ustida ish olib bormoqdamiz», — degan Amerika yetakchisi.
O‘z navbatida Makron, Tramp bilan o‘tkazilgan uchrashuvlari natijasida Suriya va Iroq bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishda davom etishga kelishilganini aytib o‘tgan. «Ayniqsa, urushdan so‘ng yo‘l xaritasini yaratishda diplomatik tashabbuslarni birgalikda olib borish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lish maqsad qilindi», — deya tushuntirish berdi u.
Ilgariroq Suriyaning Dar'o va Al-Qunaytra tumanlarida o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvga erishilgan edi. Bu haqda Hamburgda o‘tgan «Katta yigirmalik» sammiti davomida Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatidan so‘ng e'lon qilingan edi.
4 may kuni Suriyada o‘t ochishning to‘xtatilishini kafolatlovchi davlatlar — Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada to‘rtta xavfsizlik hududlari tashkil etish haqida memorandum imzolashgan edi. Ular mamlakatning Idlib muhofazasi; Lataqiya, Halab va Hama hududlari; mamlakat shimolidagi Hums muhofazasi; Sharqiy G‘uta; Suriya janubida — Dar'o va Al-Qunaytra muhofazalarida amal qiladi. Bu hududlarda qurol ishlatish taqiqlanadi, bundan tashqari, u yerlarga insonparvarlik yordamlari jo‘natiladi.
Mavzuga oid
14:31
Kreml inauguratsiyadan oldin Putin va Tramp o‘rtasidagi muloqotni istisno etmadi
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:28