Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Doniyor Qurbonov Xitoydagi missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri yordamchisi Li Xueylay O‘zbekiston Elchisi Doniyor Qurbonovni qabul qilgan.
Li Xueylayning ta'kidlashicha, Qurbonov O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning umid bildirishicha, Qurbonov yangi lavozimida ham ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga hissa qo‘shishda davom etadi.
Doniyor Qurbonov XXR rahbariyatiga Pekindagi dipmissiya rahbari sifatidagi mas'uliyatli va yuqori lavozimdagi faoliyati qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning rivoji uchun barcha sa'y-harakatni amalga oshiradi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va turli sohalardagi hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
18:29
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026