Sport | 16:50 / 14.07.2017
10171
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ligasi: «Milan» va «Zenit» bo‘lajak raqiblarini bilib oldi

Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Ligasi uchun saralash bosqichiga qur'a tashlandi. 

Uchinchi saralash bosqichiga 58 jamoa yetib kelgan: 33 jamoa ikkinchi bosqichdan o‘tgan, yana 25 jamoa yevrokuboklardagi ishtirokini endi boshlamoqda.

Turnir favoritlaridan biri sifatida qaralayotgan Rossiyaning «Zenit» klubi asosiy o‘yinlarga o‘tish yo‘lida «Trenchin» (Slovakiya) va «Bney-Yyeguda» (Isroil) jamoalari g‘olibiga qarshi bahs olib borishi kerak bo‘ladi.

Angliyaning «Everton» klubi esa «Rutsomberok» (Slovakiya) hamda «Brann» (Norvegiya) juftligi g‘olibi bilan to‘qnashadi.

«Milan» yevrokuboklarga qaytishini Ruminiyaning «Universitat Krayova» klubiga qarshi o‘yinlar bilan boshlaydi.

Saralashning birinchi uchrashuvlari 27 iyul kuni, javob uchrashuvlari esa 3 avgust kuni o‘tkaziladi.

G‘olib jamoalar pley-off bosqichiga chiqadi, bu bosqichda ham ustun kelgan jamoalar Yevropa Ligasiga yo‘llanma oladi.

Mavzuga oid