Jahon | 22:43 / 14.07.2017
8726
1 daqiqa o‘qiladi

Milanda sayyohlar uchun ayrim buyumlar olib yurish taqiqlandi

Italiyaning Milan shahri ma'muriyati 14 iyul kuni “aksiljamiyat axloqi” va shahar ifloslanishiga qarshi kurash doirasida selfi tayoqchalari, shisha idishli ichimliklar va ko‘chada taom sotishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda Local Italy nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, taqiq 13 avgustga qadar davom etadi. Milan xavfsizlik kengashi a'zosi Karmela Rotstsining so‘zlaricha, taqiq “zarur bo‘lgan vaqtgacha uzaytirilishi mumkin”.

Mahalliy hukumat buyrug‘iga ko‘ra, xorijiy va mahalliy sayyohlar “shisha idishlar yoki konteynerlarni, banka va selfi tayoqchalarini olib yurishlari, yerda qoldirishlari mumkin emas”. Shuningdek, ushbu taqiq ko‘chada sotilayotgan istalgan taomlarga ham taalluqli.

Mazkur qonunni buzish bilan bog‘liq jarimalar miqdoriga oydinlik kiritilmagan.

Mavzuga oid