Pora olishmas ekan. Endi nima qilamiz?

Kecha ishga kelayotganimda avtobusda ikki xonimning gurungi qulog‘imga chalindi.
Gap o‘g‘rilash - ayb. Ammo ensangning tagida qizg‘in muhokama boshlansa, ilojing qancha. Qulog‘ingga paxta tiqolmaysan-ku. Buning ustiga, shu kunlarda paxta deganni topish oson ishmikin. “Nisholda”dan umidvor kas borki, “oq oltin”ni chigitlab, tozalab, toylab, kutib turibdi. Imdotu imkon bo‘lsa, bas: Taxtlariga qavat-qavat to‘shab, to‘yib-to‘yib yalasa...
Obbo, o‘tlab ketdik. Mayli, qo‘yabering, o‘ynasin. Avtobusdagi xonimlarga qaytaylik. Ularning yoshrog‘i, chamasi, qayerdadir hisobchimi-yey, iqtisodchimi-yey bo‘lib ishlar ekan. O‘zga sayyoralikni ko‘rgandek hayratda. Emishki, birjaga olti oylik hisobotini topshirgani borsa, ko‘zlari qinidan chiqib ketishiga sal qolibdi. Ilgari o‘nlab xonalarga tariqday sochilib, hind rojalariday qo‘r to‘kib o‘tiradigan xodimlaru xodimalarning hammasi kattakon bir zalga tiqilmish. Zalki, eshigu tuynugidin yo‘q nishon. Hamma yoq oyna. Sakkiz tomonda - to‘qsonta kamera. Boshliq - o‘rtada. Qashingani qo‘rqarmish. Mudom qo‘liga qaraydigan xodima bu gal hisobdor xonimdan hech narsa olmabdi: “Menga yaxshilik tilasangiz, endi sovg‘a-povg‘a ko‘tarib kelmang!..”
“Axir quriq qo‘l bilan qanday kelaman? – deb yozg‘iribdi hisobdor. – Shuncha yildan beri... O‘rganib qolganmiz... Olaqoling. Iltimo-os!..”
“Yo‘-o‘q! – deb o‘shqiribdi inspektor. - Qamalib ketishni istamayman! Rahbarlarimiz: zamon o‘zgardi. Oldi-berdini to‘xtatib turinglar. Qo‘lga tushsalaring, qutqarishimiz gumon, deb ogohlantirishdi...”
“Unda ko‘chaga chiqaylik, - deb yalinibdi bechora ayol. - Ko‘zdan panaroq joyga... Mashinangizga solib qo‘ya qolay...”
“Yo‘q, dedimmi, yo‘q!..”
- Xullas, manglayi qora olmadi, - dedi anduh bilan juvon.
-Nima olib borganding, o‘zi? – deb so‘radi yoshi kattaroq ayol.
Suhbatdoshi ovozini pasaytirdi:
- Nima bo‘lardi. Odatdagi nasibasi-da. Bitta konyak. Konfet. Yuz ming.
- Birortasiniyam olmadimi?
- Olmadi, - deb og‘ir xursindi motamsaro juvon. - Lekin hisobotimga tixirlik qilmay qo‘l qo‘ydi.
- Sovg‘ani nima qilding? Senga opkegan odamga qaytarib berdingmi?
- Yo‘q. Direktorimiz konyak bilan konfetni menga berib, pulni o‘zlari oldilar.
Juvon yana og‘ir uf tortdi:
- Hayronman, endi nima qilamiz?..
- Nima qilardik, - deb javob berdi suhbatdoshi. – Duo qilamiz.
- Voy? Kimni?
- “Pora olma! Olsang, o‘zingdan ko‘r!”, deb Ogohlantirayotganni.
Jonqobil Juma
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zarbalar almashuvidan keyin Pokiston va Hindistonda nimalar bo‘lmoqda - fotolar
Jahon | 22:00
-
Vatikanda konklav boshlandi. Kardinallar yopiq eshiklar ortida yangi Rim papasini saylashga kirishdi
Jahon | 21:54
-
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
Jahon | 21:22
-
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
Jahon | 21:12
Mavzuga oid

12:36 / 26.03.2025
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi

11:33 / 15.11.2024
“Pora kattalashgan sari suverenitet bilan savdolashish boshlanadi” – faollar bilan suhbat

19:45 / 05.11.2024