Korrupsiyaga qarşi kuraşiş doirasida DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği örinbosarining noqonuniy harakatlari foş etildi.

Ma’lum qilinişiça, uşbu mansabdor şaxs öz xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan. U Toşkent şahrida qurilişi rejalaştirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlaş, yonğindan avtomatik tarzda xabar beruvçi qurilmalar böyiça tuzilgan dalolatnomalarni imzolaş hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni davlat qabul komissiyasiga foydalanişga topşirilişida ijobiy xulosa beriş evaziga doimiy ravişda tamagirlik yöli bilan pora olib kelgan. 

Bunday obektlar içida umumiy örta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.