Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatoş tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda muqaddam sudlangan N.S. ismli fuqaro uşlangan.

Tergov ma’lumotlariga köra, u fuqaro X.R.ni göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali “Özbektelekom” AKga işga kiritib qöyişini aytgan. Şu maqsadda kelişilgan 20 million sömning 15 million sömini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.