Toshkent viloyati Parkent tumanida "Nabiramga bir kitob" aksiyasi o‘tkazildi
Parkent tumanining Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shishni istagan, “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostidagi ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishni niyat qilgan nuroniy otaxon va onaxonlari (bugungi kunda tumanda 10 mingdan ziyod yoshlik bo‘yicha nafaqaxo‘rlar bor) “Nabiramga bir kitob” aksiyasi tashabbusi bilan chiqishdi. Ular 13 iyul kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Qo‘shchinor” madaniyat va aholi dam olish maskanida bo‘lib o‘tgan (2017 yil 13 iyul soat 10 00 dagi) tadbirda faol ishtirok etishdi.
Tadbirda nuroniylar kitob yaramarkasiga tashrif buyurgan kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga hamda radikal oqimlarlar ta'siriga tushgan oilalarning farzandlariga ularni qiziktirgan mavzularga doir kitoblarni sovg‘a qilishdi.
Tuman nuroniylari yil davomida kamida 2 nafardan bolalarni (nabiralarini) kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda hududdagi kitob do‘konlari va kutubxonlarga yoshlarni jalb qilishga yordam berishni o‘zlariga vazifa qilib oldilar.
Tadbir viloyatning boshqa tuman, shaharlarida reja asosida o‘tkazilishi davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
11:53 / 06.10.2024
O‘quv markazi, kitob do‘koni va SMM: Ikki yilda uchta biznes ochgan yosh tadbirkor hikoyasi
18:00 / 02.09.2024