Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ATP: Turkiya xalqi harbiy isyon kuni o‘z qoni bilan demokratiyani qo‘llab-quvvatladi
Turkiya xalqi harbiy davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida o‘z qoni bilan demokratik tuzum va adolatni himoya qildi. Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) raisi o‘rinbosari va matbuot kotibi Mohir O‘nal shunday fikrlarni bildirdi.
«O‘sha kuni harbiylarga nisbatan birorta ham zo‘ravonlik holati qayd etilmadi va halq isyonchilar ustidan to‘liq g‘alaba qozondi», - dedi O‘nal.
Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi inson huquqlari va demokratiya sohasida asosiy tashabbuskor bo‘ldi va partiya hokimiyat tepasiga kelgan birinchi kundan ozmuncha qiyinchiliklarni yengib o‘tmadi, degan partiya raisi o‘rinbosari.
«Turkiya mintaqadagi qiyinchiliklarga duch kelyapti, ammo, shunga qaramay, mamlakat bu muammolarni hal etmoqda», - deb qo‘shimcha qilgan Unal.
2016 yil 16iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh harbiy isyonchilar davlat to‘ntarishiga urinishgan edi. Asosiy ziddiyat Anqara va Istanbulda bo‘ldi. 250dan ortiq odam halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq inson jabrlandi. Isyon bostirildi.
Mavzuga oid
11:46
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026